EKSTRAKSION FOSFAT KISLOTA OLISHNING YARIMGIDRATLI VA YARIMGIDRAT-DIGIDRATLI USULI

Authors

  • Sultonov Boxodir Elbekovich Namangan davlat universiteti Noorganik kimyo kafedrasi professor v.b., t.f.d
  • Nodirov Alisher Avazovich Namangan davlat universiteti I-kurs tayanch doktoranti
  • Xolmatov Dilshod Sattorjonovich Namangan davlat universiteti Noorganik kimyo kafedrasi dotsenti, kimyo fanlari bo’yicha PhD
  • Abdullajanov Oybek Abdulaziz o’g’li Namangan davlat universiteti Noorganik kimyo kafedrasi o’qituvchisi

Keywords:

Ma’lumki, fosforit xom ashyolaridan, yordamida ekstraksion fosfat (EFK)

Abstract

Ma’lumki, fosforit xom ashyolaridan sulfat kislota yordamida ekstraksion fosfat (EFK) olishda haroratga bog’liq ravishda hosil bo’ladigan kalsiy sulfatni holatiga qarab angidridli (CaSO4), yarim gidratli (CaSO4·0,5H2O) va digidratli (CaSO4·2H2O) usullarga bo’linadi. Ushbu usullardan yarimgidratli usullar ekstraktsiyalash jaryonida to’g’ridan-to’g’ri konsentrlangan fosfat kislota olish yo’llari bo’yicha izlanishlar natijasida yaratiladi. Ularni amaliyotda tatbiq etilishi shuni ko’rsatadiki, bunda ular ham afzallikka (reaktor va filtrlash qurilmalarining yuqori samaradorlikka egaligi, mahsulot kislotasi konsentratsiyasining 35-48% P2O5 gacha ortishi, sulfatli cho’kma chiqindisining kamayishi), ham yetarlicha kamchilikka (reaksion muhit agressivligining ortishi, P2O5 va ftor yo’qotilishining ortishi, noturg’un yarimgidrat cho’kmasining qisman gidratlanishi natijasida filtr tagligiga yopishib qolgan cho’kmanining o’sishi hisobiga filtrning yirtilib ishdan chiqishi va h.o.) egadirlar. Bu kamchiliklar birin-ketin bartarf etilmoqda va jahon amaliyotidagi yarimgidratli usulning o’rni yanada kengaymoqda.

Downloads

Published

2021-01-20

Issue

Section

Articles

How to Cite

EKSTRAKSION FOSFAT KISLOTA OLISHNING YARIMGIDRATLI VA YARIMGIDRAT-DIGIDRATLI USULI. (2021). Euro-Asia Conferences, 1(1), 516-518. https://papers.euroasiaconference.com/index.php/eac/article/view/166