EKSTRAKSION FOSFAT KISLOTA OLISH VA UNI KONSENTRATSIYASINI OSHIRISH

Authors

  • Sultonov Boxodir Elbekovich Namangan davlat universiteti Noorganik kimyo kafedrasi professor v.b., t.f.d
  • Nodirov Alisher Avazovich Namangan davlat universiteti I-kurs tayanch doktoranti
  • Xolmatov Dilshod Sattorjonovich Namangan davlat universiteti Noorganik kimyo kafedrasi dotsenti, kimyo fanlari bo’yicha PhD
  • Abdullajanov Oybek Abdulaziz o’g’li Namangan davlat universiteti Noorganik kimyo kafedrasi o’qituvchisi

Keywords:

Fosforitlardan ekstraktsion, balansi yaxshilanadi, amalga oshirish

Abstract

Fosforitlardan ekstraktsion fosfat kislota (EFK) olish uchun 93% li sulfat kislota ishlatish afzaldir. Bunda texnologik jarayondagi suv balansi yaxshilanadi – gipsning yuvilishini ko’p miqdordagi suv bilan amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Natijada chiqindiga chiqariluvchi fosfogips bilan yo’qotiladigan fosfat kislota va zararsizlantirish lozim bo’lgan oqava suvlar miqdori kamayadi.
Kislota konsentratsiyasining oshirilishi olinadigan fosfat kislotadagi P2O5 miqdorini o’zgartirmaydi, gips kristallanishining maqbul sharoiti orqali oldindan belgilanadi. Yanada yuqoriroq konsentratsiyali sulfat kislota ishlatilganda issiqlik ajralishi (suyultirish issiqligini ortishi hisobiga) keskin ortadi, uni esa sistemadan ajratib olish talab etiladi.
Digidratli usulda fosfat kislota olishda fosfat xom ashyosi tarkibidagi barcha ftorning (asosan SiF4 tarzida) 3-5% igina gazli faza bilan ajraladi, taxminan 80%i EFKga, 15-17%i esa fosfogipsga o’tadi. Sovutish usuli va ventilyatorning uzatishga bog’liq holda ekstraktordan ajratib olinadigan gaz tarkibidagi ftoridlar konsentratsiyasi, ftor hisobida 0,2-2,5 g/m3 ni tashkil etadi. Ekstraksiya sexida o’rnatilgan absorbtsiya sistemalari, asosan, chiqindi gazlarini tozalash uchun mo’ljallangan, bunda hosil bo’ladigan H2SiF6 ning kuchsiz eritmalari neytrallash stansiyalariga yuboriladi yoki fosfogipsni yuvish uchun ishlatiladi.

Downloads

Published

2021-01-20

Issue

Section

Articles

How to Cite

EKSTRAKSION FOSFAT KISLOTA OLISH VA UNI KONSENTRATSIYASINI OSHIRISH. (2021). Euro-Asia Conferences, 1(1), 513-515. https://papers.euroasiaconference.com/index.php/eac/article/view/165